Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston Respublikasining O'sh shahridagi Bosh Konsulxonasi

Tug'ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirish


Tug'ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirish

O’zbekiston fuqarolarining Qirg'iz Respublikasida tug’ilgan farzandlariga tug’ilganlik haqida guvohnomalar qonuniy nikohda bo’lgan ota-onalar, qonuniy nikohda bo’lmagan va otalikni belgilash istagini bildirgan yoki qonuniy nikohda bo’lmagan yolg’iz ona arizasiga muvofiq rasmiylashtiriladi. Buning uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

1. Tug’ilganlik haqida guvohnoma berish haqidagi tegishli namunadagi ariza (arizachilar tomonidan konsulxonada to’ldiriladi).

2. Tibbiyot muassasasidan bola tug’ilganligi haqidagi berilgan tibbiy ma’lumotnoma.

3. Ota va onaning yoki yolg’iz onaning pasport(lar)i asli va nusxasi.

4. Ota va onaning nikohi haqidagi guvohnomasi nusxasi (ota-ona qonuniy nikohda bo’lsa).

5. Bola tug’ilganligi otalikni belgilash yoki yolg’iz ona arizasi asosida qayd etiladigan taqdirda onaning nikohda turmasligi haqidagi ma’lumotnomasi (https://my.gov.uz portalidan olinadi).

6. Bola tug’ilganligiga 6 oy muddatdan ko'p vaqt o'tgan bo'lsa bolaning tug'ilganligi Q'irg'izistonda qayd etilmaganligi va bolaning sog'lomligi haqida ma'lumotonalar

7. Davlat boji to’langanligi haqidagi hujjat (20 AQSH dollari miqdorida).