Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston Respublikasining O'sh shahridagi Bosh Konsulxonasi

Talabalar uchun onlayn suhbat


Hurmatli vatandoshlar va talabalar!

2026 yil 7 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 15.00 da ZOOM platformasida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan hamkorlikda xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun jonli suhbat tashkil etiladi.

Jonli suhbatda talabalarimiz kelajagi bilan bogʼliq quyidagi muhim masalalar yuzasidan axborot berish rejalashtirilmoqda:

- Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarini bitirgan yoshlarning hujjatlarini Oʼzbekistonda tan olish masalalarining muhokamasi;

- Milliy qonunchilikda belgilangan talab va tartiblar boʼyicha batafsil maʼlumot berish.

Barchangizni yuqoridagi suhbatda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

Ulanish uchun havola:

https://us06web.zoom.us/j/84157798998?pwd=285mZK04z7S7SO4gjkOioGEDGb0Xwp.1