Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston Respublikasining O'sh shahridagi Bosh Konsulxonasi

O'zbekiston fuqarolari uchun Qirg'izistonda bo'lish tartibi


Qirgʼiz Respublikasida boʼlib turgan Oʼzbekiston fuqarolari diqqatiga

Аvval habar qilganimizdek, 2023 yilning 10 oktyabirida “Chet el fuqarolarining Qirgʼiz Respublikasida boʼlish tartibi toʼgʼrisida Vazirlar Mahkamasining 541-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, bir qator boshqa davlatlar fuqarolari qatori Oʼzbekiston fuqarolari ham Qirgʼiziston hududida 120 kun ichida 60 kun vizasiz boʼlish huquqiga ega. Qirgʼizistonda 60 kun davomida yashab, Oʼzbekistonga qaytgan fuqarolarimiz Qirgʼizistonga yana qaytib kirish uchun viza rasmiylashtirishlari shart. Takroran vizasiz kirishga esa Qirgʼizistondan chiqib ketgan kundan eʼtiboran 120 kun muddat oʼtgandan soʼng ruxsat beriladi.

Shuningdek, Qirgʼiziston hududida 5 kundan ko'p muddatga qolishni rejalashtirgan Oʼzbekiston fuqarolari vaqtincha roʼyxatdan oʼtishlari shart. Ushbu talablarga amal qilmagan, viza va roʼyxatdan oʼtish talablarini buzgan Oʼzbekiston fuqarolari Qirgʼiziston hududidan deportatsiya qilinishlariga va quyidagi miqdorda jarimaga tortilish olib keladi.

1 oygacha vizasiz yoki roʼyxatdan oʼtmaslik uchun jarima - 5 500 som;

1 oydan 3 oygacha vizasiz yoki roʼyxatdan oʼtmaslik uchun jarima - 10 000 som;

3 oydan 6 oygacha vizasiz yoki roʼyxatdan oʼtmaslik uchun jarima - 17 500 som;

6 oydan koʼp muddatga vizasiz yoki roʼyxatdan oʼtmaslik uchun jarima - 20 000 som;

 
Qirgʼizistonning Oʼsh, Jalolobod va Botken viloyatlaridagi universitetlarda tahsil olayotgan talabalarimiz va ushbu viloyatlarda boʼlib fuqarolarimiz viza rasmiylashtirish yuzasidan taʼlim olayotgan oʼquv yurtlarining xalqaro boʼlimlariga yoki Qirgʼiz Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Oʼsh, Jalolobod va Botken viloyatlaridagi vakolatxonalariga murojaat qilishlari lozim.

Oʼsh shahridagi vakolatxona: Oʼsh shahri, Аlimbek Datka koʼchasi, 231-uy., tel.: 0555-070-986, 0322-250-104, 0322-250-106

Jalolobod shahridagi vakolatxona: Jalolobod shahri, T.Bayzakov koʼchasi, 178-uy., tel.: 037220040

Botken shahridagi vakolatxona: Botken shahri, S.Sodiqov koʼchasi 1-uy, tel.: 0362250400

***Hurmatli fuqarolar, viza yoki boshqa hujjatlar rasmiylashtirishda oʼzini yordamchi sifatida koʼrsatayotgan vositachi firma va firibgarlardan ehtiyot boʼling.

Qirgʼizistonga viza rasmiylashtirishni quyidagi havola orqali shaxsan oʼzingiz, vositachilarsiz ham onlayn tarzda amalga oshirishingiz mumkin: E-VISA https://www.evisa.e-gov/kg/.