Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligi yoʼqligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
- anketa-soʼrovnoma (namuna)
- tugʼilganlik haqidagi guvohnoma;
- pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;
- 3,5*4,5 sm. oʼlchamdagi rangli fotosurat (1 dona);
- davlat boji toʼlanganligi haqida hujjat.
Hujjatlar 3 oydan 6 oygacha boʼlgan muddatda koʼrib chiqiladi.
Аnketa-soʼrovnomani koʼrib chiqish natijasi boʼyicha arizachiga Oʼzbekiston fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi haqida maʼlumotnoma beriladi.
Аnketa-soʼrovnomani koʼrib chiqish va natijasi boʼyicha maʼlumotnoma berilganligi uchun davlat boji – 80 doll.