Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston Respublikasining O'sh shahridagi Bosh Konsulxonasi

Xorijga chiqish biometrik pasport rasmiylashtirish


O’zbekistonning konsullik muassasalrida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish

1. Xorijda qonuniy bo’lib turgan 16 yoshga to’lgan O’zbekiston fuqarolari xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish maqsadida murojaat qilinganda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi

1. Anketa-so’rovnoma 3,5*4,5 sm o’lchamdagi fotosurat bilan (anketa ushbu namuna bo’yicha yoki mazkur veb-sahifada onlayn to’ldirilishi mumkin).

2. Muqaddam rasmiylashtirilgan biometrik yoki xorijga chiqish pasport asli va nusxasi.

3. Arizachining Qirg’izistonda bo’lib turish maqsadini tasdiqlovchi hujjat/viza hamda ish, oqish, davolanish yoki oilaviy munosabatlar haqidagi ma’lumotnomalar.

4. Qirg’iziston idolaraidan berilgan va amal qilish muddati 3 oydan kam bo'lmagan viza nusxasi.

5. Arizachining Elchixona konsullik ro’yxatida turishi haqidagi tasdiqnoma (ro’yxatdan o’tish uchun havola va video yo’riqnoma).

6. Davlat boji to’langanligi haqidagi hujjat (170 AQSH dollari).

 

2. Xorijda qonuniy bo’lib turgan 16 yoshga to’lmagan O’zbekiston fuqarolari xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish maqsadida murojaat qilinganda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi

1. Anketa-so’rovnoma 3,5*4,5 sm o’lchamdagi fotosurat bilan (anketa ushbu namuna bo’yicha yoki mazkur veb-sahifada to’ldiriladi).

2. Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma va muqaddam rasmilayshtirilgan pasport nusxasi (agar pasport olgan bo’lsa).

3. Voyaga yetmagan shasxning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlari hamda ularga Qirg’iziston idoralaridan berilgan viza nusxasi.

4. O’zbekiston hududida doimiy yashovchi ota yoki onaning bolaga pasport berilishi uchun notarial tasdiqlangan rozilik arizasi (ariza namunasi).

Ushbu rozilik quydagi holatlarda talab qilinmaydi:

- ota yoki ona vafot etgan taqdirda o’lim to’g’risidagi guvohnoma;

- ota yoki onaning otalik yoki onalik huquqidan mahrum qilinganligi haqidagi sud qarori nusxasi;

- ota yoki onaning bedarak yo’qolgan yoki o’lgan deb tan olinganligi to’g’risida vakolatli idoralarning ma’lumotnomasi;

- bola yolg’iz ota yoki yolg’iz ona qaramog’ida ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma nusxasi;

- bola yolg’iz ota yoki yolg’iz ona qaramog’ida ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma nusxasi;

5. Davlat boji to’langanligi haqidagi hujjat (20 AQSH dollari).