Аrizachilar Bosh konsullikka murojaat qilib, www.my.gov.uz yagona davlat xizmatlari portali orqali tugʼilganlik, sudlanmaganlik hamda nikohda turish/turmaslik haqida maʼlumotnomalar, shuningdek takroriy nikoh, tugʼilganlik va oʼlim haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirishlari mumkin.
Ushbu hujjatlarni olish uchun arizachining pasporti va talab qilinayotgan hujjatning nusxasi taqdim etiladi (mavjud boʼlsa).
Hujjatlar toʼlov amalga oshirilgach, koʼrib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga yuboriladi. Koʼrib chiqish muddati 3 ish kunidan 1 oyni tashkil etadi.
Mehnat va pensiya daftarchalari va harbiy guvohnomalarning asl nusxalarini olish boʼyicha soʼrovnomalar qabul qilinmaydi.
Shuningdek, agar nikoh bekor qilingan boʼlsa, takroriy nikoh guvohnomalari, shuningdek vafot etgan shaxsning tugʼilganlik haqidagi guvohnomalari talab qilinishi mumkin yemas.
Voyaga yetmaganlarning tugʼilganlik haqidagi guvohnomalari ularning qonuniy vakillari tomonidan soʼraladi.
*** Konsullik yigʼimi Oʼzbekiston fuqarolari uchun $30, xorijiy mamlakat fuqarolari uchun $70 (Bosh konsulxona hisob raqami - 1280036054811546).