Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston Respublikasining O'sh shahridagi Bosh Konsulxonasi

Fuqarolikni yo'qotish


O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo’qotish tartibi

O’zbekiston fuqaroligini yo’qotish masalalari O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risidagi Qonunining 25-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 martdagi PF-6185 sonli farmoni bilan tasdiqlanfan nizom asosida tartibga solinadi.

Qonunchilikka ko’ra O’zbekiston fuqaroligi quyidagi holatlarda yo’qotiladi:

- shaxs chet davlatning harbiy xizmati, xavfsizlik, huquqni muhofaza qiluvchi idoralari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;

- agar xorijda doimiy yashovchi shaxs 7 yil mobaynida uzrli sabablarsiz elchixona/konsulxonada doimiy konsullik hisobiga turmagan bo’lsa;

- shaxs muqaddam O’zbekiston fuqaroligini yolg’on ma’lumotlar yoki sohta hujjatlarni taqdim etish natijasida qabul qilgan bo’lsa;

- agar shaxs chet davlatning foydasini ko’zlab faoliyat ko’rsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo’li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo’lsa;

- agar shaxs ihtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo’lsa;

- agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug’ilganlik bo’yicha yohud chet davlat fuqarosi bo’lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo’lsa va yigirma bir yoshga to’lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo’lsa.

Bunda arizachi quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

1. Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʼqotish toʼgʼrisidagi xabarnoma/ogohlantirish xati (elchixonada rasmiylashtiriladi);

2. Arizachining pasporti yoki O’zbekiston idoralaridan berilgan shaxs guvohnomasi (ID karta);

3. Arizachining tarjimai holi va uning yaqin qarindoshlari haqida ma’lumot (namuna);

4. Fuqaroning chet elga doimiy yashashga chiqganligini tasdiqlovchi hujjat (Qonuning 25-moddasi b-bandi uchun);

5. Xorijiy davlat fuqarolik pastorti nusxasi (Qonuning 25-moddasi d-bandi uchun);

6. Chet el fuqaroligi qabul qilgan arizachining maʼlumotlari (ismi, familiyasi, otasining ismi, tugʼilgan sanasi) oʼzgargan boʼlsa, mazkur holatni tasdiqlovchi hujjat  va uning notarial tartibda tasdiqlangan o’zbek tilidagi tarjimasi;

7. Аrizachining xorij fuqaroligini qabul qilgan sanasini tasdiqlovchi xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan berilgan hujjat  va uning notarial tartibda tasdiqlangan o’zbek tilidagi tarjimasi (Qonuning 25-moddasi d-band uchun);

8. Davlat boji to'langanligi haqida hujjat;

9. 3,5*4,5 sm o’lchamdagi 4 dona rangli fotosurat.

*** Yuqorida ko’rsatilgan barcha ko’rsatilgan hujjatlar arizachi tomonidan ikki nusxada taqdim etilishi kerak. Hujjatlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo’yicha komissiyaga ko’rib chiqish uchun yuboriladi.