O'zbekistonga Respublikasiga qaytish guvohnomasi
O‘zbekistonga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish tartibi
O’zbekistonga qaytish guvohnomasi (yoki sertifikat) pasporti yo’qolgan, yaroqsiz holga kelgan, muddati o‘tgan yoki muqaddam pasport bilan hujjatlashtirilmagan O’zbekiston fuqarosi va fuqaroligi bo’lmagan shaxslariga beriladi. Guvohnoma olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim qilish lozim:
1. anketa-so’rovnoma (https://consulate.mfa.uz interaktiv sayt orqali to’ldiriladi).
2. 3,5*4,5 sм o’lchamdagi rangli fotosurat (1 dona).
3. muddati o‘tgan yoki yaroqsizlangan pasport.
4. pasport yo’qotilgan bo’lsa bu haqida militsiya idoralaridan olingan ma’lumotnoma.
5. muqaddam pasport bilan hujjatlashtirilmagan fuqarolarning tug’ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining pasportlari nusxasi.
6. davlat boji to'langanligi haqida hujjat (16 yoshga to'lganlar uchun - 60 AQSH dollari, 16 yoshga to'lmaganlar uchun - 10 AQSH dollari).
*** Konsullik xizmatlari uchun undiriladigan davlat bojlari miqdori O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 24 dekabrdagi 2095-sonli qaroriga muvofiq belgilanadi.
*** Arizachi O’zbekistonga qaytganidan so’ng 10 kun ichida guvohnomani doimiy yashash joyidagi ichki ishlar idoralariga topshirishi lozim.
Arizachiga sertifikat O‘zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari tomonidan uning shaxsi tasdiqlangandan so‘ng beriladi.
Sertifikat bir oydan, alohida vaziyatlarda (kasalligi tufayli, hibsda saqlanayotgan holda, yashayotgan davlatda kosullik muassasalari bolmagan taqdirda) 3 oy muddatga beriladi. Sertifikatning muddati uzaytirilmaydi.
Sertifikat har bir kishiga alohida rasmiylashtiriladi. Sertifikatga bolalar to’grisidagi ma’lumotlar yozilmaydi.